O‘zbekistonda yana besh kishida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDezinfeksiya mashin vyezjayushix v Tashkent
Dezinfeksiya mashin vyezjayushix v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshdi. Hozirda ularning bemorlarning soni 65 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV: Koronavirus aniqlanganlar orasida mamlakatning turli hududidan bo‘lgan fuqarolar bor

Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg‘onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo‘lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan bo‘lgan fuqarolar borligini ma’lum qilgan edi.  Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0