Markaziy bank raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga asosan Zaxidov Botir Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Zaxidov Botir Erkinovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuraturada yangi tayinlov

Uning zimmasiga kredit tashkilotlari prudensial nazorati, litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti, kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish, kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, kredit axborotining davlat reyestrini yuritish, moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlari nazorati yuklatilgan.

Shu kungacha B.Zaxidov Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

B.Zaxidov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent Moliya institutini, 2008-yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

U bank sohasida 20-yillik ish tajribasiga ega. Markaziy bank tizimida 2009-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0