Poytaxt hokimligi: oziq-ovqat tanqisligi bo‘lmaydi

© SputnikRinok "Eski juva" v Tashkente
Rinok Eski juva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumki, 30-martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanishiga ruxsat beriladi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi 30-martdan poytaxtga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanish tufayli oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelmasligini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ko‘rilgan chora bu poytaxtga oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas.

"Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir. Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy avtomobillarda harakatlanish cheklandi. Harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab qilinadi. Mazkur ruxsatnomalar, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalariga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0