Moskvada o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi kuchga kirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishZakritie parkov v Moskve
Zakritie parkov v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z o‘zini izolyatsiya qilish tartibi faqat Moskva shahrida kiritilgan va u shaharga kelib ketishni ta’qiqlamaydi. Moskva viloyatida bunday tartib kiritilmagan.

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Sergey Sobanin bugundan boshlab Moskvada o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi kuchga kirganini e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Bugundan boshlab barcha uchun faqat shoshilinch tibbiy yordam kerak bo‘lganda uydan chiqish mumkin. Shuningdek eng yaqin oziq-ovqat do‘koni, apteka va axlat tashlash uchun va uyidan 100 metr masofagacha itlarni aylantirib kelish uchun uyidan chiqish mumkin. ISh yuzasidan uyidan chiqishga ruxat berilgan fuqarolar uchun yaqin orada poytaxt hukumati maxsus ruxsatnomalar joyriy qiladi, deyilgan xabarda. 

O‘z o‘zini izolyatsiya qilish tartibi faqat Moskva shahrida kiritilgan va u shaharga kelib ketishni ta’qiqlamaydi. Moskva viloyatida bunday tartib kiritilmagan.

Moskvada yashaydigan aholi uchun magazin va jamoat transportida bir-biriga 1,5 metrdan yaqin kelmaslik tavsiya etildi. Magazinlarda buning uchun maxsus chiziqlar chizilishi ham xabar qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, bir hafta oldin Moskvada o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta bo‘lgan fuqarolar uchun kiritilgan edi. O‘sha vaqtdan boshlab katta yoshdagi fuqarolarga jamoat transportida bepul yurish huquqini beradigan "ijtimoiy karta"lar ham amal qilishi to‘xtatilgan edi. 

Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 1500dan oshib ketgan, ulardan 1000 dan ortig‘i - Moskvada. Rossiya hukumati koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida 30-martdan 5-aprelga qadar dam olish haftasi e’lon qilgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0