Harorati 37 °S va undan yuqori bo‘lgan fuqaro bozor va supermarketga kiritilmaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishUsilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom
Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistondagi yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda 37 S va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

V poslednie 2-3 dnya nizkiy trafik blagodarya chemu pochti net probok - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘zini yakkalash hayot tarzi majburiy joriy etiladi

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari  hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0