Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinfga qabul qilish tartibi belgilandi

© Sputnik / Rostislav Netisov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy komandi Uzbekistana na konkurse "Otlichniki voyskovoy razvedki" v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr-2017 na baze uchebnogo kompleksa Novosibirskogo visshego voyennogo komandnogo uchilisha v Novosibirskoy oblasti.
Voyennoslujashiy komandi Uzbekistana na konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnix igr-2017 na baze uchebnogo kompleksa Novosibirskogo visshego voyennogo komandnogo uchilisha v Novosibirskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirilgan fanlardan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning chuqur ta’lim olishini ta’minlash ixtisoslashtirilgan sinflarning maqsadi hisoblanadi.

Rabota za kompyuterom  - Sputnik O‘zbekiston
IIV “vatanparvar blogerlar” guruhini tashkil etishni taklif qildi

Bu sinflarga maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlagan, chuqurlashtirilgan fanlardan  qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qizlar tanlov asosida qabul qilinadi. 

Nomzodlardan tegishli hujjatlar 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari 21-iyul – 5-avgust, tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari 15-25 avgust kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi.

Jismoniy tayyorgarlik sinovlari yakunlari bo‘yicha 100 ballik tizimda 70 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar test sinovlariga qo‘yiladi.

Maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarida o‘qish muddati 5-yildan (7-11 sinflar) iborat bo‘ladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan sinflarga 6-sinfni bitirgan 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0