"G‘alaba kuni" qo‘shig‘i ilk bor o‘zbek tilida ijro etiladi

© Sherzod Ikramutdinovkonsert «ETOT DENЬ POBEDI!»
konsert «ETOT DENЬ POBEDI!» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro tanlovlar laureati, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri solisti Rahim Mirzakamalov qo‘shiqni ijro etadi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkentdagi Rossiya ilm va madaniyat markazi  (Rossotrudnichestva) Buyuk G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan “Bu G‘alaba kuni!” bayramona konsert videoversiyasi tayyorlanishini ma’lum qildi.

Veterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Urush qahramonlari haqida yangi sayt yaratildi

Ulug‘ Vatan urushi davridagi sevimli qo‘shiqlar yangi versiyada ijro etiladi, shuningdek, "G‘alaba kuni" kompozitsiyasining o‘zbek tilidagi premerasi bo‘lib o‘tadi, u xalqaro tanlovlar laureati, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri solisti Rahim Mirzakamalov ijro etiladi.

“Yuzaga kelgan sharoi tufayli tomoshabinlarni konsert zaliga taklif qilish imkoniga ega bo‘lmaganda, biz sizlarga bayramona kayfiyat bag‘ishlashga va ulug‘ sana - umumiy G‘alabamizning 75-yilligini nishonlashga harakat qildik”, - deyilgan xabarda.

Konsert 9-may kuni mahalliy vaqt soat 11.00da o‘tkaziladi.

Shuningdek, shu kuni “Rossotrudnichestva” vakolatxonasi mediaresurslarida “Chegarasiz O‘lmas polk” onlayn-aksiyasi o‘tkaziladi.

Tadbirlar dasturida "Ushbu G‘alaba kuni!" tanloviga taqdim etilgan eng yaxshi suratlarning namoyishi bo‘lib o‘tadi.

"G‘alabani chizamiz" tanloviga O‘zbekistonning barcha viloyatlari, shuningdek, Rossiya shaharlari mualliflarining 200 dan ortiq rasmlari yuborilgan. G‘oliblar 14-may kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 9-may kuni O‘zbekiston butun dunyo bilan birgalikda zamonaviy tarixdagi eng muhim sana - fashistik Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlaydi. Respublikada 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida o‘tkaziladi.

Maxsus komissiya karantin talablaridan kelib chiqib, Xotira va qadrlash kunida yodgorlik va qabristonlarga ommaviy ziyorat qilish va gul qo‘yish marosimini cheklashga qaror qildi.

Tezkor shtab vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ikkinchi Jahon urushidagi G‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining tumanlaridan birida G‘alaba bog‘ini ochishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0