O‘zbekistonda 9-may kuni ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVeterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente
Veterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha hududlarda 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish ta’qiqlanishi aytilmoqda

TOShKENT, 8-may - Sputnik. 9 may — Xotira va qadrlash kunida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarni ushbu bayram munosabati bilan tabriklash va ularning holidan xabar olish yuzasidan berilayotgan ko‘plab savollar bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori e’lon qilindi.

Sergey Lipovoy - Sputnik O‘zbekiston
General-mayor MDHda 9-may tantanalari haqida: xotira bizni birlashtiradi

Komissiya axborotida aytilishicha, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9-may kuni bayram tadbirlari o‘tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to‘planishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og‘ir kechishini inobatga olib, ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.

"Yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’iy nazar, barcha hududlarda 9-may — Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish ta’qiqlanadi.

Ta’kidlanishicha, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

Komissiya axborotida, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolganligi, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0