Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

© Flickr / t_y_lPamatnik v Fergane
Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onada koronavirus bilan kasallangan so‘nggi bemor butunlay sog‘aydi va hudud koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Farg‘onada koronavirus bilan kasallangan so‘nggi bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

MO, Nas gvardiya, MVD vvedut patrulirovanie ulis - Sputnik O‘zbekiston
Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – ro‘yxat

Farg‘onada tuzalgan so‘nggi 40 yoshli bemor Oltiariq tumanidan. Fuqaro virusni muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan edi.

Shunday qilib, viloyatdagi koronavirusga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Hozircha uchta viloyat koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega: Qashqadaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. Davolanish ko‘rsatkichi deyarli 80 foizga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0