Garvard olimi: yurak uchun eng foydali mahsulot

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Garvard maktabi professori, tibbiyot fanlar doktori Marta Guash Ferre yurak uchun eng foydali bo‘lgan mahsulot nomini aytdi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. Yong‘oq yurak uchun eng foydali mahsulot, - deydi Garvard maktabi professori, tibbiyot fanlar doktori Marta Guash Ferre La Vanguardia nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘oq o‘ziga xos noyob ozuqaviy profilga ega.

"Yong‘oq boshqa yong‘oqlarga qaraganda bir oz boshqacha tarkibga ega, chunki ularning tarkibida alfa-linolenik kislota ko‘proq bo‘ladi, bu baliq tarkibida bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi", - deb tushuntirdi shifokor.

Bundan tashqari, yong‘oq vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy.

Ferre yong‘oqning muntazam iste’mol qilinishi yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, shuningdek lipidlar profilini yaxshilashi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0