O‘zbekistonda koronavirus: bugungi kun asosiy xabarlari

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTestirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19
Testirovanie rossiyan na nalichie antitel k COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugunning o‘zida 45 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikada koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi asosiy xabarlarni to‘pladi.

V Tashkente stali chashe shtrafovat za otsutstvie masok - Sputnik O‘zbekiston
Niqob qani? Poytaxtda qoidabuzarlar ko‘paydi

Bir sutka davomida 46 kishida koronavirus aniqlandi, SSV oxirgi malumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 825 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14-may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 45 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 82 foizga yetdi. 2 314 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi.

Ayni paytda 474 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Niqobsiz yurish jarimasi

Karantin choralari yumshatilgan so‘ng Toshkentda niqob taqib yurmaydigan soni oshdi. 16 may kuni Toshkentda 144, kelasi kun esa 104 kishi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgani aniqlangan. 25-martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlanadi – jarima 1 mln 115 ming so‘m.

Rossiyaga borish uchun ruxsatnoma

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarining chet elga chiqishlariga ruxsat berish imkoniyati istisno holatlarda ko‘rib chiqilishi mumkin.

Flagi Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Rossiyaga borish uchun ruxsatnoma olishi mumkin – asosiy sharti

Hozirgi vaqtda RFda yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan, yaqin qarindoshlari - Rossiya fuqarosi bo‘lgan xorijliklar, yoxud vatandoshlarni ko‘chirish bo‘yicha davlat dasturining ishtirokchilari faqat Rossiyaga kirishi mumkin.

Mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma olish uchun 27-mayga qadar ushbu havola orqali tegishli shaklni to‘ldirish zarur. O‘zbekiston fuqarolarining respublika chegarasidan o‘tishlari to‘g‘risidagi qaror faqat O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilinadi.

Chegarada qolgan fuqarolarga yordam

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi.

“Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida bo‘lib turganlar ro‘yxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi. Jami 1100 nafar o‘zbekistonlikning vatanga olib kelinishi kutilmoqda. 18-19 may kunlari 550 nafardan kishining avtobuslarda O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqishi rejalashtirilgan.

Shifokor ishi bekor qilindi

Bosh prokuratura tomonidan Samarqand viloyati Oqdaryo tumani tibbiy birlashmasi bo‘lim boshlig‘i shifokor X.D.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bekor qilindi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu ish yuzasida olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari to‘liq o‘tkazilmagan va jinoyat ishi ochish haqidagi qaror shoshma-shosharlik bilan qabul qilingan. Shu sababli shifokor X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan bekor qilingan.

Dunyo va “Tojdor dushman”

COVID-19 dunyoning 188 davlatga yetib bordi. BSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,8 milliondan oshdi, 319 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0