Rossiyada migrantlar uchun mehnat birjalari tashkil qilinishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti v Moskve
Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada qonuniy va noqonuniy ishlayotgan migrantlar uchun ixtisoslashtirilgan mehnat birjalarini yaratish taklif qilinmoqda. Birjada ro‘yxatdan o‘tkgan migrantlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 29-may - Sputnik. Rossiyada migrantlar uchun ixtisoslashgan mehnat birjalari, vaqtincha ish joylari tashkil etilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaasiga asosan.

Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada migrantlarga ham ishsizlik nafaqasi to‘lash taklif qilindi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, vazirlik koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan fors-major vaziyatni hisobga olgan holda, migratsiya sohasida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni tahlil qilib chiqqan.

Mutaxassislar vaziyatning qisqa muddatli (joriy yil oxiriga qadar) va o‘rta muddatli (keyingi 2-3 yil davomida) "optimistik" va "pessimistik" rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqib, migratsiya sohasida vaziyat keskinlashganda uni hal qilishning bir necha usullarini taklif qilmoqdalar.

Xususan, ixtisoslashtirilgan mehnat birjalari tashkil etish taklif qilinmoqda. Ushbu birjalarda nafaqat qonuniy yashayotgan migrantlarni, balki noqonuniy mehnat migrantlarini ham qayd etish mumkin bo‘ladi. Ularni rag‘batlantirish sifatida tibbiy sug‘urta xizmati taqdim etiladi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Federatsiya kengashi migrantlarga ishsizlik nafaqasini to‘lash g‘oyasiga munosabat bildirdi

Bundan tashqari, muhojirlarni ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarga vaqtincha muqobil ravishda ishga joylashtirish variantini ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.

"Masalan, ayollarni nogironlarga yordam berish uchun qariyalar uylariga yoki ba’zi ijtimoiy xizmatlarga yuborish mumkin. Qolganlarini shahar infratuzilmasi, uy-joy kommunal xizmatlariga, transportga yuborish mumkin", - deydi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar og‘ir sharoitda qolgan mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlaydigan ish beruvchilar uchun imtiyozlar yoki rag‘batlantirish vositalarini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishni o‘rinli deb bilishadi.

"Eng muhimi, agar migrant ana shunday mehnat birjasida ro‘yxatda turgan bo‘lsa, uning maqomi belgilanadi va unga ijtimoiy yordam choralarini ko‘riladi: masalan, bepul oziq-ovqat to‘plami, eng kerakli mahsulotlar yoki naqd pul to‘lanadi", - deydi manba.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Strategik tashabbuslar agentligi (ASI) ishsiz muhojirlarni ishsizlik nafaqasini olish uchun Rossiya fuqarolariga tenglashtirishni taklif qilgan edi.

Rossiya muftiysi migrantlarga oziq-ovqat tarqatishni taklif qildi.

ASI shuningdek, ishsiz qolgan muhojirlarni "erkin bozorlar va IT infratuzilmalariga xizmat ko‘rsatish bozorlariga" tayyorlashni boshlashni taklif qildi. Agentlik "Mehnat unumdorligi va bandlikni qo‘llab-quvvatlash" milliy loyihasi mablag‘larini qayta taqsimlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, Moskva migratsiya markazida 2016-yildan buyon Mehnat birjasi faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda doimiy ravishdan 2000dan ortiq vakansiyalar mavjud.  

Yangiliklar lentasi
0