OTMga qabul jarayoni 15-iyundan boshlanadi, test sinovlari esa 2 ta fandan bo‘ladi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida brifingda abiturentlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik.  Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi. Bu yil 1 million 270 ming abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda. Test sinovlari joriy yilda 3 smenada bo‘ladi (o‘tgan yili 2 smenada bo‘lgan).

Joriy yil test sinovlarida xuddi o‘tgan yilgidek maksimal 189 ball to‘plash mumkin. Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar hujjatlarni DTMning sayti orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi

Respublika OTMga kirish uchun abituriyentlar 15-iyundan 15-iyulgacha  onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.

Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:

1) DTM sayti orqali;

2) my.gov.uz portali orqali.

Abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilar bilan yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi sabab bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. DTM ham kirish imtihonlari uchun 2 ta fan qoldirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0