COVID-19 yangi aniqlangan bemorlarning aksariyati - karantinga olinganlar orasida

© Uzbekskie avialiniiVstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta
Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yangi aniqlangan koronavirus holatlari asosan - karantinga olinganlar orasida, lekin aholi orasida ham 13 nafar bemor aniqlangan - Nurmat Otabekov.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus yangi aniqlangan bemorlarning aksariyati - karantinga olinganlar orasida. Bu haqida bosh sanitar shifokor Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanali efirida xabar qildi.

Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha ro‘yxatga olingan 96 bemorning 81 nafari karantin muassasalariga joylashtirilgan shaxslar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 13 nafari aholi orasida qayd etilgan. 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi shaxslar orasida aniqlangan, - dedi Otabekov.

Shifokor aytishiga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda 3 ming 965 nafar kishi koronavirusga chalingan. 4  iyun kuni 73 nafar bemor qayd etilgan. Sog‘aygan bemorlar 3087 kishini – ya’ni umumiy kasallanganlarning 78 % foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilgan. Ayni damda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlari soni 862 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, 1 kishi - o‘ta og‘ir.

Karantinga olingan fuqarolar soni 48 mingdan ko‘proq. Ulardan 21 ming nafari - statsionar sharoitda karantinga joylashtirilgan. Karantin tadbirlari davom etapti. 

Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, fuqarolar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan har bir ehtiyotsizlik - kasallikka chalinish ehtimolini yuzaga keltiradi. Shuning uchun maqsadsiz ko‘chaga chiqmang, ko‘chaga chiqsangiz, albatta, doka niqobda bo‘ling, muloqot paytida masofani saqlang, uyga qaytgach antiseptik vositalardan foydalaning. Shundagina, kasallikka chalinishdan o‘zingizni va oila a’zolaringizni, yaqinlaringizni himoya qilgan bo‘lasiz, dedi Nurmat Otabekov.

Yangiliklar lentasi
0