O‘zbekistonning qayerida eng qimmat va eng arzon mahsulotlar - DSQ hisoboti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samiy stariy bazar v starom Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘mita mamlakatning dehqon bozorlarida kartoshka, sabzi, piyoz, mol go‘shti va qo‘y go‘shti, guruch, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxlarini o‘rganib chiqdi.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlarining markaziy dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarining minimal va maksimal narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Lyudi na rinke v Tashkente vo vremya karantina iz-za COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar ro‘yxatiga kiritildi

Mol go‘shti (lahm go‘shtdan tashqari)

Minimal narx Nukusda “Nukus dehqon bozori”da qayd etildi – 1 kilogramm uchun 38 ming so‘m. Maksimal narx Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (1 kilogramm uchun 65 ming so‘m) qayd etildi.

Qo‘y go‘shti

Eng past narxi 1 kilogramm uchun 39 ming so‘m (Toshkentdagi “Mirobod dehqon bozori”da). Eng yuqorisi poytaxtdagi “Oloy dehqon bozori”da (75 ming so‘m).

Kartoshka

Kartoshkaning minimal narxi 1 kilogramm uchun 1500 so‘mni tashkil etdi (Andijon shahridagi “Yangi Bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar Markaziy dehqon bozori”, “Chirchiq dehqon bozori” va Toshkentdagi “Farhod dehqon bozori”). Maksimal narx - poytaxtda "Oloy dehqon bozori"da (bir kilogramm uchun 5,5 ming so‘m) qayd etildi.

Piyoz

Eng arzon narx Termizda “Markaziy dehqon ozik-ovqat bozori”da qayd etildi (bir kilogrammi 750 so‘m). Eng yuqori narx (uch ming so‘m) Toshkent shahrida “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etildi.

Sabzi

Bir kilogramm sabzi uchun minimal narx bir ming so‘mni tashkil etdi (Jizzax – “Eski Shahar dehqon bozori”, Guliston – “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona – “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent – “Farhod dehqon bozori”). Maksimal narx (bir kilogramm uchun 4,5 ming so‘m) poytaxtdagi “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan.

Tuxum

“Guliston dehqon bozori”da o‘n dona tuxumning minimal narxi (besh ming so‘m) qayd etildi. Eng yuqorisi (13 ming so‘m) Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” bozorida qayd etildi.

Shaparin Anton - Sputnik O‘zbekiston
Arzon benzin o‘zbek avtosanoatini saqlab qoladimi - ekspert fikri

Guruch

Guruchning minimal narxi Nukusda “Nukus dehqon bozori”da (mahalliy “Nukus-2” navi) bir kilogramm uchun 4,5 ming so‘m darajasida qayd etildi. Maksimal narx - 18 ming so‘m (“Lazer” navi) Toshkentda “Mirobod dehqon bozori”da qayd etildi.

O‘simlik yog‘i

O‘simlik yog‘ining bir litr uchun eng arzon narxi 8,4 ming so‘m miqdorida (mahalliy paxta yogi) Toshkentda “Mirobod dehqon bozori”, “Eski Jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”larida qayd etildi. Maksimal narx bir litr uchun 14,5 ming so‘m (import qilingan kungaboqar yog‘i) bo‘lib, Toshkentdaga “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan.

Shakar

Shakarning minimal narxi bir kilogramm uchun 5,8 ming so‘mdan Termizda “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, “Guliston dehqon bozori”da, “Oloy dehqon bozori"da, “Farhod dehqon bozori", Toshkentda “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotildi. Eng qimmat narx – yetti ming so‘m. Eng baland narx (yetti ming so‘m) poytaxtda “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori"larida qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0