O‘zbekistonda koronavirus: 13-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey
Meditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 360 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 360 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Qachon tugaydi? Olimlar koronavirusning 3-chi to‘lqini haqida ogohlantirishdi

Bir sutka davomida 360 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 360 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida  va 9 nafari esa Navoyi viloyatida barchasi aholi orasida  aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 7 852 nafarga yetdi. Ayni paytda 5 446 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 43 nafar bemor og‘ir ahvolda, 7 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

10 iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli M.T. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan. Shu kuniyoq o‘tkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli og‘ir bo‘lganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir holat: Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli ayol S.Q.da 9-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Vnimanie, karantin - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralarining kuchaytirilishining asosiy sababi nimada – mutaxassis izohi

Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar sirrozi kasalliklari bilan ham og‘rib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 62 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

O‘zbekistonda 1-avgustdan keyin karantin cho‘zdirilishi mumkin

COVID-19  koronavirusi tufayli, agar yuqtirish holatlari dinamikasi saqlanib qolsa, 1-avgustdan keyin O‘zbekistonda karantin uzaytirilishi mumkin, dedi respublika sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 12,6 milliondan oshdi, 560 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,3 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (878 ming).

Yangiliklar lentasi
0