O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 17 mingtaga yaqinlashdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tish"Gemotest" nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu
Gemotest nachinayet delat analizi na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida yana 214 kishida koronavirus tasdiqlandi.

“2020 yil 20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 966 (+214) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

«Uzekspotsentr” v Tashkente prevrashayut v sentr dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus. Yego posetili generalniy prokuror Nigmatilla Yuldashev i xokim Tashkenta Djaxongir Artixodjayev. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror va poytaxt hokimi “O‘zekspomarkaz”dagi bemorlar uchun o‘rinlarni ko‘zdan kechirdi

Yangi kasallanganlarning 34 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 32 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Namangan viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 9 nafari Jizzax viloyatida hamda 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan. 88 kishi virus qurboniga aylangan.

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0