Koronavirusdan uyda davolanayotgan bemorlar soni ochiqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnisi
Meditsinskiy rabotnik vo vremya postanovki kapelnisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning asosiy qismi Toshkent viloyatida. U yerda 637 kishi uyda davolanmoqda.

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlar soni 1 ming 706 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi a’zosi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimi Jo‘shqin Qosimov ma’lum qildi.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19ni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

Hududlar kesimida: Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 58, Andijon viloyatida — 136, Jizzax viloyatida — 22, Navoiy viloyatida — 40, Namangan viloyatida — 21, Samarqand viloyatida — 96, Sirdaryo viloyatida — 156, Surxondaryo viloyatida — 101, Qashqadaryo viloyatida — 21, Toshkent viloyatida — 637,Toshkent shahrida — 413  nafar bemor uyda davolanmoqda.

ta’kidlanishicha, ularning barchasi shifokorlar nazoratida bo‘lib, kerakli tavsiyalar berib borilmoqda. Bepul dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirus bilan kasallanganlarni uy sharoitida davolashga ruxsat berilgan.

Yangiliklar lentasi
0