Sherzod Shermatov koronavirusni boshdan kechirdi

© Mejdunarodniy press-klubSherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya
Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Hatto Davlatimiz Rahbari o‘zlari shaxsan ahvolimni surishtirib turganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi”, - deya yozadi xalq ta’limi vaziri.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirusdan tuzaldi va uyda reabilitatsiya davrini o‘tamoqda. Bu haqda vazirning o‘zi Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Afsuski, sanitariya qoidalariga qanchalik rioya qilmay, baribir ushbu virusni yuqtirib oldim. Yaxshi niyat qilib, yangi o‘quv yilini an’anaviy shaklda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha anchagina maktablarda ta’mirlash ishlari ketayotgani uchun, ularni imkon boricha o‘zim borib ko‘rayotgandim, balki o‘sha yerda yuqtirib oldim, shekilli”, - deya yozadi Shermatov.

Glava Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov COVID-19 bilan bemorlanganini ma’lum qildi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, boshidanoq tana harorati ko‘tarilib, umumiy ahvoli yomonlashgan. Ertasidan lohaslik, saldan keyin hid bilish va ta’m bilish ham yo‘qolgan.

Birinchi hafta shifokor maslahati bilan uyda davolanishga harakat qilgan, yengilroq o‘tsa, balki shifoxonaga hojat bo‘lmas deya o‘ylagan.

Lekin bir haftadan keyin, tana harorati yana ko‘tarilib ketganiga, shifokorlar shifoxona sharoitida davolanishga o‘tish kerakligini ta’kidlashgan.

U ayrim maslahatlar foydali maslahatlarni bergan:

  • birinchidan, vahima qilmaslik. Vahima xar qanday kasalni yanada kuchayishiga, odamni asabiylashishiga va atrofda unga yordam berayotganlarni qiynalishiga sabab bo‘ladi;
  • ikkinchidan, yaxshi niyat qilish. Internetda juda negativ ko‘p, lekin kasal paytingizda eng asosiysi yaxshi niyat qilib o‘zingiz birinchi navbatda tuzalishga harakat qilsangiz, tezroq tuzalib ketasiz;
  • uchinchidan, Yaxshilik qilish, Sadaqa raddi balo deyilgandek, qanchalik yaqinlarga va muxtojlarga yordam berilsa, shunchalik odam o‘zini yengilroq his qiladi;
  • oxirgisi va eng asosiysi: shifokorlar ishini qadrlash. Shuncha qiyinchiliklarda eng asosiy yuk shifokorlarga bo‘layapti. Shunday ekan hozirgi davrda sog‘lig‘ingiz tufayli shifoxonaga tushib qolsangiz, sizni davolaydigan shifokormi, hamshirami yoki boshqa tibbiy xodim bo‘ladimi, siz ham o‘z navbatida ularga  yaxshi gapirib, ko‘nglini ko‘tarib turishni maslahat beraman. Ular ham juda charchashayapti, ayniqsa shu issiqda sanitariya qoidalariga rioya qilib hammasi maxsus kiyimda yurishi oson emasligini ko‘rishingiz mumkin.

Vazir barcha shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasal bo‘lganida yaqinlari, do‘stlari, qarindosh-urug‘larining doimiy ravishda duo va yaxshi so‘zlar juda katta dalda bo‘lgan.

“Hatto Davlatimiz Rahbari o‘zlari shaxsan ahvolimni surishtirib turganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi. Shunday odamgarchiligi yuqori bo‘lgan insonning komandasida ekanligimdan g‘ururlandim. Ustozim ham bir necha bor telefon orqali hol ahvol so‘rab, ko‘nglimni ko‘targanlari ham katta madad bo‘ldi”, - deydi XTV rahbari.

Shermatov shifoxonaga borgani to‘g‘ri bo‘lganini qayd etgan, MSKT 50% o‘pkada ikki tomonlama pnevmoniya ekanligini ko‘rsatgan.

“Faqat kisloroddan nafas olib yotgan bilan ijobiy natija chiqishi qiyin bo‘ladi deyishdi, shunga imkon boricha nafas mashqlarini qilishga harakat qildim va albatta, foydasini sezdim. Boshida qiynalib yo‘tal tutgan vaqtlari, majbur qaytadan kislorodga ulanib, saturatsiyani ko‘tarib turdim, keyin sekin-sekin kislorodni kamaytirib, ko‘proq nafas olishga harakat qildim”, - deydi u.

Glavniy saninspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Bosh epidemiolog Nurmat Otabekovda COVID-19 aniqlandi

Vazir 2-yilcha avval pnevmoniya bo‘lgani, shu ham salbiy ta’sir qilganini ta’kidlagan.

“O‘zi umuman davlat ishidagi tartibsiz rejim, asabbuzarliklar, kechgacha ishda bo‘lish ham organizmni charchatib, bunday kasalliklarni og‘irroq o‘tishiga sabab bo‘larkan. Shuning uchun, imkon boricha o‘zingizni asranglar, pnevmoniyani menga o‘xshab oyoqda o‘tkazmanglar”, - deya maslahat beradi Shermatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u bilan bir vaqtning o‘zida vazirlikdagi bir o‘rinbosar va anchagina xodimlar ham bu virusni yuqtirib, ular ham davolanib chiqishgan.

“Hozirda uyda reabilitatsiya davrini o‘tamoqdaman, nasib qilsa yaqin orada ishga qaytaman”, - deya so‘zlariga yakun yasagan XTV rahbari.

Yangiliklar lentasi
0