O‘zbekistonda 17-avgustdan masjidlar ishga tushadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVelichestvennaya bashnya mecheti "Xazrati Imam" v Tashkente
Velichestvennaya bashnya mecheti Xazrati Imam v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Masjidlarda vaqtincha juma namozi ado etilmaydi, diniy tashkilotlar faoliyatiga har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda ruxsat beriladi.

TOShKENT, 12 avg - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17-avgust, dushanba kunidan e’tiboran O‘zbekistondagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini qayta davom ettiradi. Diniy tashkilotlar faoliyatiga har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta’minlagan holda ruxsat beriladi.

Xadj v Mekku - video - Sputnik O‘zbekiston
Makkada Haj ziyorati boshlandi

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati rasmiy bayonotida diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etilishi aytilgan.

Quyidagi muhim tavsiya va talablarga so‘zsiz amal qilish, masjidlar faoliyatining davomli bo‘lishiga asosiy omil bo‘ladi:

- masjidlarning kirish joyini dezinfeksion "to‘shak"lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari, pirometrlar (kontaktsiz harorat o‘lchagich) bilan ta’minlash;

- har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda bo‘lishi, hududga kirishda qo‘llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;

Samolet Airbus A320 kompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston toifalarga ajratilgan avia-reyslar ro‘yxatini tasdiqladi

- masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish (harorat o‘lchash va tashqi alomatlar), tana harorati 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;

- ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda);

- har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qat’iy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi to‘g‘risidagi axborot lavhalarini o‘rnatish;

- masjid ma’muriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish bo‘yicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulug‘ fuqarolarni vaqtincha tashrif buyurmay turishlarini tavsiya etish);

- masjidlarda juma namozini vaqtincha ado etmaslik;

Post radom s bivshey gostinitsey Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda karantin 15-avgustdan yumshatiladi – tafsilotlar

- hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etish;

- ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni o‘rganish va tavsiyalar berish;

- masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;

- masjidga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik;

- tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta’minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanish kabi tartib-intizomlar alohida ta’kidlanadi.

Yangiliklar lentasi
0