Uzbekistan Airways Moskvadan-Toshkentga biletlar sotishni boshladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSamolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy
Samolet AAirbus 320 uzbekskix avialiniy  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva - Toshkent yo‘nalishida chiptalar erkin savdoda paydo bo‘ldi. Bilet narxi 400 dollar, yo‘lovchilardan koronavirus yo‘qligi haqida PSR ma’lumotnoma talab qilinadi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskva-Toshken yo‘nalishida rasmant biletlar sotishni boshladi. 

Ayni damda ekonom klass bilet narxi 397 dollarni, biznes klass 917 dollarni tashkil qilmoqda. Parvozlar kuniga ikki marotaba 12:05-18:00 hamda 23:30 - 05:15 da amalga oshirilmoqda. Chiptalarni kompaniya rasmiy sayti  www.uzairways.com orqali yoki kompaniya rasmiy aviakassalarida xarid qilish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu parvozlarga faqat O‘zbekiston fuqarolariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilar koronavirusga chalinmaganligi haqida tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak. PSR analiz parvozdan 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida topshirilishi kerak.  

Chiptalarni oflayn xarid qilish uchun Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskva shahri  Tverskaya ko‘chasi 28 uy 2 korpusda yoki Vnukovo aeroportida joylashgan kassalariga murojaat qilish mumkin. Kompaniya telefon raqami: +7 (495) 229 39 13.

 

Yangiliklar lentasi
0