Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat

© Iz lichnogo arxiva Maksudi XujanazarovoyZamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenshin mayor Maksuda Xujanazarova
Zamnachalnika upravleniya profilaktiki pravonarusheniy GUVD Tashkenta po voprosam jenshin mayor Maksuda Xujanazarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi qanday, bunga nima asos bo‘la oladi va himoya orderining ijrosi qanday ta’minlanadi? Mayor Maqsuda Xo‘janazarova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda shu haqda to‘xtaldi

Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari -Xotin qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i mayor Maqsuda Xo‘janazarovaning ta’kidlashicha, garchi himoya orderi birinchi navbatda ayollarni zo‘ravonlik va tazyiqlardan cheklashga qaratilgan bo‘lsa-da, amaliyotda ayollar ko‘pdan-ko‘p holatlarda o‘zlarining betizgin tili sabab jabrlanib qolayotgan holatlar ham uchrab turibdi.

Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yil boshidan zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 709 nafar ayolga himoya orderi berildi

—  Maqsuda Muhammadiyevna, himoya orderi nima va u qanday holatlarda kimlarga berilishi haqida aniqlik kiritib o‘tsangiz?

—  Himoya orderi – tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat  hisoblanadi. Ushbu hujjat  tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan jabrdiyda xotin-qizlarga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan beriladi. Turmush o‘rtog‘i, sevgan yigiti, qaynota-qaynonasi, qaynsingillari, qo‘ni-qo‘shni, ish joyida bo‘lsa, rahbari va boshqalar tomonidan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar mazkur order asosida qonuniy tarzda muhofaza qilinadi. Zo‘ravonlik yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilganda jabranuvchi himoya markazimizning  ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishadi. So‘ng biz o‘sha holat sodir bo‘lgan hududdagi profilaktika inspektorini voqea joyiga yuboramiz. Imkoni bo‘lsa ko‘p holatlarda voqea joyiga o‘zim shaxsan borib, holatni o‘rganishga, muammoni ijobiy hal etishga harakat qilaman.

Gorashie avtomobili na fone besporadkov, proizoshedshix posle smerti Djordja Floyda ot ruk politseyskix v Minneapolise, SShA - Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabzda erkak o‘z oilasini avtomobil ichida qamab, yoqib yubordi

— Himoya orderini olgach, bu hujjat egasining oilasini saqlab qolishiga qay darajada yordam bera oladi? Deylik, turmush o‘rtog‘idan himoyalanib o‘sha hujjatni olgan ayol qayta tazyiqqa uchramaydi deb ayta olasizmi?  

—   Aytish mumkinki, bu qonun o‘z-o‘zidan chiqarilmadi, tazyiqqa uchragan  ayollarimiz dardini kimga aytishni, nima qilish kerakligini bilmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilsa, o‘sha tazyiq va zo‘ravonlik darajasi ekspertizada tasdig‘ini topmasa, tan jarohati yoki boshqa holatlar aniqlanmasa, ko‘p hollarda arizasi ko‘rilmasdan rad etildi. Siz aytgandek, jabrdiydalar boshqa yuqori mutasaddilarga murojaat qilganda bu erkaklarning agressiyasini yanada qo‘zg‘atishiga ham sabab bo‘lib qolyapti. Chunki hali himoya orderi qanday hollarda ayollarga berilishi mumkinligini erkaklar yaxshi tushunib yetganicha yo‘q. Ammo himoya orderining berilishi bu qat’iy ogohlantirish bo‘lib, agar zo‘ravon tomonidan ushbu holat takror sodir etilsa, qattiqroq javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. Shundan xulosa chiqarmay yana sodir etilganda jinoiy javobgarlik masalasi ko‘riladi. Shuning uchun himoya orderi qachonki odamlarda huquqiy ongi rivojlantirilsa, yanada samaraliqroq natija ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Yaqinda xotin qizlarni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun 2019-yil 2-sentabrda qabul qilinib, unga asosan himoya orderi ishlab chiqildi. So‘ng 2020-yil 3-fevralda Ichki ishlarining vazirining 51 sonli buyrug‘iga asosan himoya orderining shakli, asosiy tamoyillari, qanaqa tartibda berilishi tartiblari ishlab chiqildi.

Beremennaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda rashkchi er homilador xotinini shafqatsizlarcha yoqib yubordi

Himoya orderining taqiqlari buzilganda birinchi o‘rinda jabrdiydaning murojaati yoki jismoniy va yuridik shaxslarning holat yuzasidan bergan xabarlari, shu jumladan, OAV  va ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan xabarlar ko‘rib chiqiladi. Tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilganda yoxud ularni sodir etishga urinish holatlari vakolatli organlar, tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanadi. Masalan, jinoyat ishi sodir etilgan bo‘lsa, holat bo‘yicha ma’lumotning bir qismi himoya orderi berilishi uchun taqdim qilinadi va himoya orderi beriladi.

—   Himoya orderi erkaklarga ham beriladimi?

- Gender tenglik bo‘yicha qonun 2019-yil 2-sentabrda, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonun esa 2019-yil sentabrda qabul qilindi. Lekin ba’zida "nima uchun ayollar bilan erkaklarni teng qilyapsizlar-u, himoya orderi faqat ayollarga berilyapti" deya savol berishadi. Sababi ayollar orasida erkakka jabr qilayotganlar, ruhiy tazyiq o‘tkazadiganlar ham yo‘q emas. Ruhiy tazyiq o‘tkazish ham zo‘ravonlikning bir turiga kiradi.

Jestoko izbitaya suprugom jitelnitsa Bulungura Zuxra Umarova v bolnichnoy palate - Sputnik O‘zbekiston
O‘n kunlik kelinchakni ayovsiz kaltaklagan erga sud hukmi o‘qildi

Masalan, shunaqa holat kuzatildiki, ayol eri bilan qonuniy ajrashib, so‘ng erkak boshqa ayolga uylanganida bunga chidolmay, sobiq rafiqa eriga ruhiy  tazyiq o‘tkazib kelgan: olasidan ajratishi, ishxonasiga borib janjal ko‘tarishi, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi bilan qo‘rqitib,  bolasiga 18 yoshgacha bo‘lgan to‘lovlar, uy, mol-mulk talab qilib bosim o‘tkazgan. Ushbu holat yuzasidan erkak bizga maslahat so‘rab kelganida biz unga yozma murojaat qilishi kerakligini tushuntirganmiz. Erkak esa yuqori tashkilotda ishlayotganligi uchun g‘ururi, oriyati kuchlilik qilib, da’vodan voz kechgan holatlar ham bo‘ldi. Tabiiyki, bu bilan muammo hal bo‘lgani yo‘q. Ammo erkaklar ham zo‘ravonlik qurboni bo‘lib qolishmoqda. Shu bois biz erkaklarga himoya orderi berilishi taklifi bilan senatga,  Ichki ishlar vazirligiga chiqdik. Senatdan murojaatimiz bo‘yicha javob kelmadi, lekin vazirlikdan qonunda erkaklarga himoya orderi berilish kerak degan joyi yo‘q degan javob keldi.

Dialog s molodejyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yoshlar gender asosidagi zo‘ravonlik haqida o‘z fikrlarini bildirishdi

Shu bois biz zo‘ravonlik yoki tazyiq ztkazilayotganligi haqida murojaat kelib tushganida, muammoni o‘rganish jarayonida faqat bir tomonni eshitmaymiz, tanganing ikkinchi tomonini ham hisobga olib, masalani hal etishga xolis yondashamiz. So‘ng xulosa chiqarib, himoya orderi beramiz.  

—   Shu tariqa statistkaga o‘tsak, zo‘ravonlikka uchragan ayollaring necha  foizi qanday holatlarda himoya orderi bilan ta’minlangan?    

—   Joriy yilning sakkiz oyi davomida Toshkent shahrining o‘zida ayollarga 966 ta himoya orderi berilgan. Shundan ayollarning 850 nafariga oilasida sodir etilgan holatlar bo‘yicha, zo‘ravonliklarning 813 tasi oiladagi kelishmovchilik tufayli yuz berganda, 69 tasi moddiy yetishmovchilik, 45 tasi rashk tufayli, 40 tasi oiladagi uchinchi shaxsning aralashuvi (qaynona qaynsingil, qaynopa, qaytib kelgan opachalar aralashuvchilari) natijasida yuzaga kelgan muammolar sababli order berilgan. Ushbu zo‘ravonliklarning 556 nafari turmush o‘rtog‘i, ya’ni erkak kishi tomonidan ayol kishiga yetkazilgan tazyiq bo‘yicha, 54 nafari qaynona tomonidan, 46 nafari kelinlar tomonidan qaynona qaynsingillarga nisbatan, 310 nafari boshqa shaxslar tomonidan ayollarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonliklar bo‘lgan. Shundan 423 ta holatda jismoniy, 8 tasi jinsiy, 13 tasi iqtisodiy, 664 tasi ruhiy zo‘ravonliklar uchun orderlar berilgan.

Postradavshaya ot muja jitelnitsa Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda tahqirlangan ayollar 60 % holatlarda yaqinlari va qaynonasi zulmiga uchraydi

Ma’lumot uchun:  Shuningdek, Toshkent shahrida 11 ta tuman bo‘lsa, ushbu tumanlarda yashovchi ayollarimizning soni 1 mln 322 ming 300 tani tashkil etadi. Oilalar soni esa 7073 ta. Viloyatdan kelib yashayotganlarni statistika qilib beradigan bo‘lsak,  Toshkent shahrining aholisi 2,5 mlndan oshadi. Ularning deyarli teng yarmi ayollarni tashkil etapti.

—   Ushbu orderni olishda faqat jabrdiydalarning o‘zlari murojaat qilishadimi yoki uning biron bir yaqin kishisi o‘z nomidan murojaat qilishi mumkinmi?

—   Himoya orderini olish uchun 966 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, bunda faqat tazyiqqa uchragan ayollar bo‘libgina qolmay, ularning qo‘shnisi, yaqinlari yoki qarindoshlari tomonidan ham murojat qilingan. Masalan, kimligiin aytmayman, yaqinda viloyatlik bir ayolning 1,5 yashar bolasini dugonasiga berganligi to‘g‘risida murojaat qo‘limizga kelib tushdi. Uni Toshkentdagi sha’riy nikohli eri qo‘lida bir yarim yashar bolasi bilan uydan ko‘chaga quvib solgan, ayolning qornida yana homilasi ham bor ekan. Erkak ayolning qornidagi homilasini mendan emas deb turibdi. Vaholangki, buni aniqlashning o‘z tartiblari bor. Ayolning na qonuniy zagsi va na fuqarolik pasporti bor. Olgan tan jarohatlari esa ma’muriy javobgarlikka asos bo‘lolmaydi. Biz holatni o‘rganish uchun ayolning dugonasini uyiga bordik, bolaning onasini chaqirtirganimizda kutilmaganda uni to‘lg‘oq tutib qoldi.  Karantin sharoitida qo‘lida hech qanday hujjati bo‘lmagan bu ayolni tabiiyki tug‘ruqxonaga qabul qilishda qarshiliklar bo‘ldi. Xullas qiyinchiliklar bilan ayolni shahardagi 7 perenatal markaziga yotqizdik.  Ayol o‘g‘il farzand ko‘rib, uch kundan so‘ng shifokorlar ayolni uyiga ketishga ruxsat berdi.

Noj v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Xotini va qaynota-qaynonasini pichoqlagan kuyov qo‘lga olindi

Ammo uni sha’riy nikohli eri uyga kiritmadi. So‘ng biz Farg‘ona viloyati xotin qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan gaplashib, ayolning ikki farzandiga ham tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni olib berdik. Ayolni himoyamizga olib, Farg‘ona viloyatidan uy, mahalladan yordam pullari tayyorlangunicha uning oziq ovqati, bolalarining oziq-ovqati va boshqa xarajatlariga yordam berib turdik.  So‘ng vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda ayolni viloyatga jo‘natib yuborishga qaror qildik. O‘shanda ayol viloyatga ketmayman deb qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Mana o‘sha ayol bugungi kunda Farg‘ona viloyatida mahalla, xotin-qizlar inspektorlari yordamida yaxshi hayot kechirapti.

—   Orderni qancha muddatda qo‘lga kiritish mumkin va ushbu hujjatning qonun kuchi qancha muddatgacha amalda bo‘ladi?

—   Zo‘ravonlik yoki tazyiq o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumot profilaktika inpektorlari navbatchilik qismiga kelib tushgach, 24 soat ichida o‘sha holat izchil o‘rganiladi va shu sutka ichida himoya orderi rasmiylashtirib beriladi. Himoya orderi bir oy muddatgacha beriladi. Agar o‘n yoki o‘ttiz kungacha himoya orderi taqiqlari buziladigan bo‘lsa, javobgarlikka tortish choralari kuchaytiriladi. Order bo‘yicha zo‘ravonga jabrdiydaga tazyiq o‘tkazish, uning jabrdiyda bilan aloqasi taqiqlanadi. Masalan, telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar oqrali muloqoti, yoki bitta xonada yashashi, umuman bu muloqot qilishi mumkin bo‘lgan holatlarning turiga qarab taqiq qo‘yiladi. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning zimmasiga jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, tazyiq va zo‘ravonlikdan saqlash, unga yordam ko‘rsatish uchun maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlar, yetkazilgan moddiy zarar o‘rnini qoplash, ma’naviy zararni konpensatsiya qilish majburiyati ham yuklatiladi. Bundan tashqari o‘sha tazyiq va zo‘ravonlik yetkazgan shaxsning qurol ishlatishi, qurolga ruxsatnoma olish yoki uni qurol sotib olishhuquqi ham taqiqlanadi (xizmat qurolidan tashqari).

Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida eng yaxshi qaynona aniqlandi

—   Himoya orderi berilgach ayolning oilasi buzilsachi, uning taqdiri nima bo‘ladi? Bu kabi ayollarning keyingi hayoti bilan ham qayg‘urasizlarmi?

—   Afsuski, hozircha odamlarning huquqiy ongi u darajada rivojlanmaganligi bois hali bu hujjat qoidalariga amal qilish, uning taqiqlariga rioya etilishida sustkashlik bor. Yaqinda Shayxontohur tumanida xuddi shunaqa holat yuz berdi. Tazyiq yetkazilgan, himoya orderi berilib ogohlantirilgandan so‘ng o‘sha bir oy ichida orderning taqiqlari buzilgan, yana janjal, to‘polon... bu yuzasidan qayta MJTKning 183 moddasi va 194 moddalariga asosan javobgarga chora ko‘rilgan.  Yana shunga o‘xshash holat Shayxontohur tumanida sodir bo‘lib, MJTKNing 183-194 soddalarining 1 qismi bilan javobgarlikka tortildi. Javobgar eng kam oylik ish haqi, 246 ming so‘m ma’muriy jarima to‘ladi va moddiy zarar ushlab qolindi. Sergeli tumanida yuz bergan yana bir holatda javobgarga yetti sutkalik  qamoq jazosi qo‘llanildi.  

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat

Shuningdek, 966 ta yuz bergan holatlar bizning markazimiz tomonidan o‘rganib chiqilgan bo‘lsa, har bir holatda jabrdiydalarning oilasi tinchligiga  erishildi, ularning muammosi tizimli ravishda hal bo‘lyapti. Piyonista yoki giyohvand er bo‘lsa, davolash markaziga majburan yuborilyapti. Ishsiz bo‘lsa ish bilan ta’minlash, sog‘ligida muammosi bo‘lsa Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda uni davolash va moddiy masalalari ko‘rib chiqilyapti. Himoya orderi berildi tamom, bu bir varaq qog‘ozda qoldi, degani emas.  

—   Himoya orderi berilgach, aksincha, oilaning ahil inoq bo‘lib ketganligi holatlari kuzatildimi?

—   Albatta. Himoya orderi berilgach, mahalla idorasi vakillari hamda xotin-qizlar inspektorlari bilan birgalikda joyiga borib, oilaning har ikki vakillariga tushuntirish ishlari olib boriladi, ularga oila muqaddasligi, farzandlarning tirik yetim bo‘lib qolishi va uning salbiy oqibatlari tushuntiriladi. Himoya orderi oilani saqlab qolish uchun berilayotganligi, uning mohiyati, ijobiy tomonlari, taqiqlar buzilganda ko‘riladigan jazo choralari har ikki oila vakillariga ham obdon tushuntiriladi.  Mana shunday tushuntirish ishlaridan so‘ng o‘sha oila vakilalri xulosa chiqarib, yarashib ketgan holatlar yuz bergan.

Yangiliklar lentasi
0