Biryo‘la 10 hududda koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishProbirki s biomaterialom
Probirki s biomaterialom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan tun davomida 232 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Namangan viloyatida yana eng ko‘p kasallanish aniqlangan.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida 232 yangi koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Jami kasallanganlar soni 52 491 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Vaksinatsiya dobrovolsev protiv COVID-19 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qaysi holatlarda emlash mumkin emas

Yangi kasallanganlarning 78 nafari Namangan viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi. Jami qurbonlar soni 440 nafarni tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 48 606 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 445 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0