Zararli nonushta: vrach eng xavfli mahsulotlarni ma’lum qildi

© CC0 / strecosa Blyuda na shvedskom stole
Blyuda na shvedskom stole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik parhezshunos-shifokor Inna Kononenko nonushta uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Shifokor-parhezshunos Inna Kononenko nonushta vaqtida iste’mol qilinsa, sog‘likka zarar yetkazishi va semirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni ma’lum qildi.

Sbor urojaya xurmi  - Sputnik O‘zbekiston
Shifokor xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida gapirdi

Birinchi navbatda shifokor tez pishar bo‘tkalarni  ertalabki ratsiondan chiqarib tashlashni tavsiya qildi, chunki ular qondagi shakar miqdorini keskin oshirib, insulin chiqishini qo‘zg‘atadi.

"Natijada, oshqozonda bu bo‘tqa, qonda glyukoza yo‘q, odam yana ovqat iste’mol qilishni istaydi", - deya tushuntirdi u.

Shuningdek, "zararli nonushta"lar ro‘yxatiga sut yoki sharbat bilan mussli va yormalar, murabbo bilan buterbrod va tostlar kiradi.

Bundan tashqari, Kononenko sharbat va smuzi foydasi haqidagi afsonani rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular tarkibida shakar miqdori juda ko‘p. Shuningdek, fruktoza miqdori esa mevaning turiga bog‘liq.

"Bir tomondan - glyukoza, ikkinchidan - fruktoza. Fruktozaning hammasi tezda jigarga o‘tadi, u yerda u jigar yog‘iga aylanadi. Bundan vazn orttiramiz", - deb xulosa qildi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0