Otabekov yana o‘zbekistonliklarni karantin kuchaytirilishi to‘g‘risida ogohlantirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, agar kelgusida ham fuqarolar epidemik vaziyatning murakkablashishiga sababchi bo‘laversa, qat’iy karantin choralarini ham tatbiq etishi mumkin.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat murakkablashsa, og‘irlashib borsa, yana karantin choralari qaytarilishi mumkin. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda karantin choralarini kuchaytirish uchun jiddiy sabablarni ko‘rmayapti. Ammo so‘nggi vaqtda mamlakatda har kuni koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq 600 dan ko‘proq holat qayd etilmoqda.

Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Karantin choralarini takroran kuchaytiriladimi - Nurmat Otabekov javobi

“U karantin tadbirlarining yumshatilishi, epidemik barqaror bo‘lmagan hududlardan vatandoshlarimizning kelishi, shu bilan birga odamlarimizning karantin bekor qilinmagan, balki yumshatilganini unutib, o‘zlari xohlagandek yurgani bilan bog‘liq. Respublikamiz aholisi ham muayan oddiy majburiyatlarga rioya qilishi kerak. Agar biz kelgusida ham epidemik vaziyatning murakkablashishiga sababchi bo‘laversak, hukumat bir qator cheklov tadbirlari, jumladan, shu vaqtgacha 2-marta qilinganidek, qat’iy karantin choralarini ham tatbiq etishi mumkin”, - dedi u.

Otabekov hammasi fuqarolarning o‘ziga bog‘liqligini unutmaslik kerakligini ta’kidladi.

U niqoblarni talab darajasida taqish, jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash, antiseptiklardan foydalanish hamda qo‘llarni tez-tez yuvish kerakligini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabekov O‘zbekistonda 15-oktabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilishi xususidagi mish-mishlarga izoh bergan edi. Karantinning kuchaytirilishi va yumshatilishi fuqarolarning xatti-harakatlariga bog‘liqligini ta’kidlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0