Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni olib kelish uchun navbatdagi avtobus karvoni yo‘lga chiqdi

© Ministerstvo transporta UzbekistanaV Samaru napravili yeshyo 15 avtobusov dlya vivoza grajdan
V Samaru napravili yeshyo 15 avtobusov dlya vivoza grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yo‘lga chiqdi.

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar karvoni yo‘lga chiqdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarni vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23-sentabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiyaga jo‘natilgan edi.

Ayni damda 750 nafar fuqarolarni olib qaytayotgan ushbu avtobuslar rejaga ko‘ra 27-sentabr kuni O‘zbekistonga kirib keladi.

Xvost samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Samara - Toshkent parvoziga chiptalar sotish boshlandi

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan bugun navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiyaning Samara viloyati tomon yo‘lga chiqdi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Shuningdek, Sankt-Peterburg va Moskvadan Toshkentga qo‘shimcha charter reys qo‘yilgan. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.

TIV fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlardan poyezd stansiyalarida to‘planmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin talablariga qat’iy rioya qilishlarini yana bir bor so‘ragan edi.

Yangiliklar lentasi
0