COVID-19  bilan takroran kasallanish ehtimoli kam – Nurmat Otabekov

© Ministerstvo zdravooxraneniya respubliki UzbekistanGlavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov
Glavniy san inspektor Uzbekistana - Nurmat Otabekov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odam xotirasidan ko‘p narsa chiqib ketishi mumkin, lekin immun tizimi xotirasidan hech qachon hech narsa chiqib ketmaydi. Shu sababli ham koronavirus bilan takroran kasallanish ehtimoli kam - Otabekov.

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda aholi orasida koronavirus bilan qaytadan kasallanish mumkinmi degan savol paydo bo‘lmoqda. Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

Izobrajenie novogo koronavirusa atipichnoy pnevmonii SARS-CoV-2. Takje izvestniy kak 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga immunitet hosil qiluvchi kasallik aytildi

Otabekov aytishiga qaraganda, bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga takroran chalinish holatlari juda kam uchraydi. Uchragan taqdirda ham ular qanday aniqlandigenom darajasida aniq va mukammal tekshirishni talab qiladi.

Lekin insoniyat koronavirus bilan tanishganidan so‘ng, salkam bir yil vaqt ichida, kasallikning aniqlangan jihati shuki 10-kunidan boshlab virusga qarshi immunitet paydo bo‘la boshlaydi.

“Bugungi kunda aniq aytishimiz mumkinki, kasallikning o‘ninchi kunidan boshlab bemorda COVID-19ga qarshi mukammal immun tizimi shakllana boshlaydi. O‘z tasdig‘ini topgan yana bir jihat shuki, kasallikni og‘irroq boshdan kechirgan insonda shakllangan immun tizimi ancha mustahkamroq bo‘ladi”, - dedi Otabekov.

COVID-19 yangi kasallik bo‘lgani uchun, uni o‘rganish haligacha davom etomoqda. Koronavirusga chalingan kishi biroz vaqt o‘tib ushbu virusning yangi mutatsiyasiga duch kelsa ham, uning immun tizimi unga qarshi kurasha oladi.

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
"Immunitet - najot emas". BSST COVID-19 vaziyati bo‘yicha o‘z prognozini berdi

“Odam xotirasidan ko‘p narsa chiqib ketishi mumkin, lekin immun tizimi xotirasidan hech qachon hech narsa chiqib ketmaydi. Hatto kasallikdan keyin xosil bo‘lgan antitanachalar titri kam bo‘lsa ham, ular kasallik bilan kurasha oladi”, - deydi shifokor.

Ushbu antitanachalar kasallik bilan kurasha oladi. Demak, odamda COVID-19 ikkinchi marta hatto qayd etilsa ham, u juda yengil kechishi mumkin.

Shuningdek, COVID-19 bir odamda uzoq muddat saqlanib qolish ehtimoli ham yo‘q emas.Shu sababli ba’zi bemorlar qayta kasallandim deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0