"Pobeda" aviakompaniyasi O‘zbekistonga uchishga ruxsatnoma oldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishTexniki u samoleta rossiyskoy nizkobudjetnoy aviakompanii "Pobeda"
Texniki u samoleta rossiyskoy nizkobudjetnoy aviakompanii Pobeda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Pobeda" Samarqand, Buxoro va Farg‘onaga parvozlar amalga oshirish Rosaviatsiyadan uchun rusat oldi. Endi bo‘lsa O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma olishi kerak.  

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Rossiya Havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) “Pobeda” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlar amalga oshirish uchun ruxsat berdi. Ushbu haqidagi hujjat agentlik rasmiy saytida chop etilgan.

“Ruxsatnoma – bu aviakompaniyaga xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshirish huquqidir. Ushbu huquqdan aviakompaniya pandemiya tufayli kiritilgan cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng foydalanishi mumkin”, - deyilgan hujjatda.

Rosaviatsiya Pobeda aviakompaniyasiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshirishga ruxsat bergan:

  • Novosibirsk — Samarqand;
  • Yekaterinburg — Samarqand;
  • Sankt-Peterburg — Buxoro;
  • Moskva — Nukus;
  • Moskva — Buxoro;
  • Qozon— Namangan — Qozon;
  • Yekaterinburg — Namangan — Yekaterinburg;
  • Novosibirsk — Farg‘ona;
  • Yekaterinburg — Farg‘ona;
  • Moskva — Qarshi;
  • Moskva — Navoi;
  • Moskva — Urganch.

Ushbu parvozlarni amlga oshirish uchun “Pobeda” O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan ruxsatnoma olishi kerak.  

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistondan Rossiya, Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya, Shvetsiya va Janubiy Koreyaga parvozlar qisman tiklangan.

Parvozlarga faqat 72 soat oldin koronavirusga tPZR tashhisi topshirgan va manfiy natijaga ega bo‘lgan yo‘lovchilar qo‘yiladi. O‘zbekistonga kelgan yo‘lovchilar 2 hafta davomida o‘zini o‘zi yakkalash tartibiga rioya qilishi kerak bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0