Shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati paydo bo‘ldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishZadumchivaya jenshina
Zadumchivaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘plab oilaviy poliklinikalar ulangan.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolar shifokor qabuliga onlayn yozilishlari mumkin.

Fuqarolar uchun reg.ssv.uz sayti orqali shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

“Elektron poliklinika” tizimi Sog‘liqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu tizim yordamida fuqarolar o‘zlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda “Elektron poliklinika” axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘plab oilaviy poliklinikalar ulangan. Butun respublika hududi bo‘ylab poliklinikalarni tizimga ulash ishlari davom ettirib kelinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0