Diyego Maradonaning o‘limi: Messi, Habib, Tayson va boshqalar nima dedi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishFutbol. ChM-2010. Match Argentina – Nigeriya
Futbol. ChM-2010. Match Argentina – Nigeriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maradona bilan xayirlashuv marosimi Buenos-Ayresdagi Kasa Rosada  prezident saroyida bo‘lib o‘tadi. Unga bir milliondan ortiq kishi kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Kecha, 25-noyabr kuni, futbol tarixida eng yorqin yulduzlardan biri - Diyego Armando Maradona 60 yoshida vafot etdi. 

Shifokorlar uning o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etganini qayd etishdi. Argentinada 3 kunlik motam e’lon qilindi. Maradona bilan xayirlashuv marosimi Buenos-Ayresdagi Kasa Rosada  prezident saroyida bo‘lib o‘tadi. Unga bir milliondan ortiq kishi kelishi kutilmoqda. "Napoli" stadioniga Maradona nomi qo‘yilishi mumkin. 

Maradonaning o‘limiga ko‘p sport yuludzlari, siyosatchilar va boshqa mashhur kishilar munosabat bildirdi. 

Mayk Tayson: "Maradona - sen mening qahramonim va do‘stim eding. Bizni o‘xshatishardi. Endi men seni sog‘inaman"

Pele: "Men katta do‘stimni yo‘qotdim, dunyo esa - afsonani", "Bir kun kelib biz osmonlarda birga o‘ynaymiz"

Messi: "U biz bilan qoladi, chunki u abadiy"

Ronaldu: "Tarixda eng yaxshi futbolchilardan biri. U haqiqiy sehrgar edi. Afsuski juda erta ketdi"

Habib: "Eng buyuklardan biri. Millionlab odamlar futbolni o‘shani uchun sevib qolishgan"

Stanislav Cherchesov: "Maradonaning tengi yo‘q o‘yini abadiy esimizda  qoladi. Futbol dahosi"

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Leo Messi (@leomessi)

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Yangiliklar lentasi
0