Migrantlarni emlash uchun “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolandi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya
Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzoladi.

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Pervaya v mire vaksina ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Sanoat va savdo vaziri O‘zbekistonga "Cputnik V" vaksinalarini shaxsan olib keldi

“O‘zbekistonlik hamkorlar koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilishga ham qiziqish bildirmoqda. Inson adenovirus vektorlari platformasi asosida yaratilgan, dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonga dekabr oyida xizmat safari bilan bo‘lgan Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov shaxsan olib kelgan edi”, - dedi elchi Toshkentdagi matbuot anjumanida.

Shuningdek, Turdenevning so‘zlariga ko‘ra,  Rossiyaga ishlashga ketayotgan mehnat migrantlarini emlash uchun koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolangan.

Elchi kelgusi yili Rossiyadan COVID-19 ga qarshi ikkinchi “Epivakkorona” vaksinasini xarid qilish uchun shartnoma tuzish kutilayotganini ma’lum qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0