O‘zbekistonda koronavirus: 6ta hududda yangi holatlar aniqlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishRabota vremennogo gospitalya dlya bolnix koronavirusom
Rabota vremennogo gospitalya dlya bolnix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 611 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Izobrajenie koronavirusa na stene - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya olimlari koronavirusni yo‘q qiladigan yangi usulni aniqlashdi
Bir sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 611 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 13 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 76 067 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda  927 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 157 nafar bemor og‘ir, 31 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qator mamlakatlar bilan aviareyslarni to‘xtatib qo‘yish muddatini uzaytirdi

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 617 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

7ta davlat

O‘zbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslarni to‘xtatib qo‘yish muddatini 1-fevralgacha uzaytirdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 90,3 milliondan oshdi, 1,9 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (22,4 mln), Hindistonda (10,5 mln), Braziliyada (8,1 mln).
Yangiliklar lentasi
0