Nikoh uchun ariza berganlarga oila qadriyatlari bepul o‘qitiladi

© PixabayMolodojeni, arxivnoe foto
Molodojeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak kelin-kuyovlar oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti va boshqa sohalarda bilimlarini oshirish uchun o‘qitiladi.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Yaqin kelajakda 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar uchun 16 soatlik dastur Oila qadriyatlari bepul o‘qitiladi, deb xabar qildi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova AOKAdagi matbuot anjumanida.
«Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.
Markazlar ochishdan asosiy maqsad — nikohlanuvchi fuqarolar ongiga milliy qadriyatlar ruhini singdirib borish, ularni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha bilimlarini oshirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Markazlarda FHDYo organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan 30 yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar 16 soatlik o‘quv dasturi asosida bepul o‘qitiladi.
To‘y libosidagi qiz - Sputnik O‘zbekiston
Nukusda kelin-kuyovlar uchun maxsus qoidalar joriy etildi
Shuningdek, o‘ttiz yoshdan oshgan nikohlanuvchi, muqaddam nikoh tuzgan shaxslar, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalar a’zolari ham alohida dastur asosida markazlarda ixtiyoriy o‘qishlari mumkin. O‘quv mashg‘ulotlarida to‘liq qatnashgan tinglovchilarga maxsus sertifikat berilishi nazarda tutilgan”, - dedi Mukarram Nurmatova.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil boshida O‘zbekistonda nikoh shartnomalarini majburiy qilish to‘g‘risida qonun loyihasi kiritilgan edi. Ushbu taklif jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan, turli mutaxassislar tomonidan turlicha firklar bildirilgan edi.
Hozircha ushbu qonun qabul qilingani yo‘q, ya’ni nikoh shartnomasi tuzish ixtiyoriy maqomda qoldirilgan. Lekin nikoh shartnomalari tuzishni osonlashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, nikoh shartnomasini notariusdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji bekor qilingan. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ham o‘tgan yilning dekabrida qilgan chiqishida nikoh shartnomasini kengroq targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladi.
Shunga qaramasdan tuzilayotgan nikoh shartnomalari soni hozircha bir necha yuzdan oshmayapti. Xususan, 2019-yilda O‘zbekistonda 219ta nikoh shartnomasi tuzilgan. Vaholanki, 2020-yilning birinchi yarmida sudlarga er-xotin orasida ajralish, mulk bo‘lishish va boshqa masalalar bo‘yicha 122 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. Ulardan 78 mingga yaqini ajralgan. 
Yangiliklar lentasi
0