O‘zgidromet: ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayib, 12-15 darajagacha sovuq bo‘ladi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishMetel
Metel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi. 21-23 yanvar kunlari respublika hududiga Rossiya Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 21-23 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qilmoqda.
21 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida og‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.
Zdanie Ministerstva energetiki Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Hafta oxirida havo keskin sovib ketadi: Energetika vazirligi bunga hozirmi
22 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.
22-23 yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati meyordan 8-10 darajaga past bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0