Andijonda bog‘cha mudiralarini shantaj qilgan "jurnalistlar" qo‘lga olindi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax.
Ruki v naruchnikax. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida A.A. va M.A. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi bog‘cha MTM faoliyati bo‘yicha material tayyorlash maqsadida muassasa rahbaridan ikki yuz ming so‘m olayotgan vaqtida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Andijon shahridagi qator maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘zlarini "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari" deb tanishtirgan fuqarolar — A.A. va M.A. muayan muammolarni aniqlab, muassasalar rahbarlaridan pul talab qilishgan.
AOKA nomi bilan tadbirkorlarni shantaj qilgan "uddaburro"lar aniqlandi
Bu haqda AOKA xabar bermoqda.
Xususan, A.A va M.A Andijon shahridagi 3ta maktabgacha ta’lim muassasasini tekshirib, ularning faoliyatida turli kamchiliklar aniqlab, muassasa rahbarlaridan jami 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida pul mablag‘ini noqonuniy tarzda talab qilib olgan. Ularning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan Andijon shahridagi maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 61-son muassasa rahbari mazkur ta’magirlik holati yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2021-yilning 19-yanvar kuni A.A. va M.A. Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan 28-sonli MTM faoliyati bo‘yicha material tayyorlash maqsadida muassasa rahbaridan 200 000 (ikki yuz ming) so‘m miqdorida pul mablag‘i olayotgan vaqtida tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ularga tegishli qalbaki guvohnomalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
AOKA tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston media-olamida nimalar o‘zgardi?
Tekshirish davomida ushbu shaxslar "Xalq irodasi" jurnali tahririyati tomonidan berilgan guvohnomalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi nomi yozilgan hamda davlat ramzi (gerbi) qo‘yilgan guvohnomalardan foydalanib bog‘chalar faoliyatini tekshirib yurganligi ma’lum bo‘ldi. Ular "Xalq irodasi" jurnali tahririyatida jamoatchilik shartnomasi asosida ishlab kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Marhamat tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlar olib borilmoqda.
Agentlik bu kabi holatlar takror sodir etilgani bois barcha fuqarolardan hushor va ogoh bo‘lishga chorlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyida Buxoro viloyatida o‘zlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining vakillari va "Yurt salohiyati" gazetasi muxbirlari deb tanishtirgan shaxslar qo‘lga olingani xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0