Teleko‘prik bo‘yicha jarrohlik: shifokor Toshkentdagi klinika kelajagi haqida

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavniy vrach stroyasheysya v Tashkente Mnogofunksionalnoy medkliniki Farxad Ilxamov
Glavniy vrach stroyasheysya v Tashkente Mnogofunksionalnoy medkliniki Farxad Ilxamov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2022 yil yoziga kelib Toshkentda ilg‘or texnikalardan qo‘llangan holda eng qiyin jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga imkon beruvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ochilishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasini bunyod etish loyihasi 2017-yildan buyon amalga oshirilmoqda. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” va moliyaviy va loyihaning bir qismini zimmasiga olgan Rossiyaning Ural tog‘-kon metallurgiya kompaniyasi ishtirok etmoqda.
Klinika bosh shifokori Farhod Ilhomov jamoani shakllantirish va uning tarmoqlari haqida so‘zlab berdi.
“Kadrlar bugungi kunda ishimizning eng qiyin va muhim qismidir. Suhbatlarda 68 nafar mutaxassislarni saralab oldik. Ulardan sektor, laboratoriya va bo‘limlar mudiri shakllantiriladi. Bundan tashqari, ro‘yxatda o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 50 kishi o‘rin olgan”, - dedi u Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Shu bilan birga Rossiya va Germaniyaning yetakchi klinikalari mutaxassislari maslahatlashish, o‘rgatish va stajirovkaga jalb qilinadi.
Bosh shikoforning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak klinikada barcha turdagi qon-tomir jarrohlik amaliyoti o‘tkaziladi. Shuningdek, umurtqaning turli kasalliklari – surunkali va tug‘ma kasalliklardan jarohatgacha davolashni yo‘lga qo‘yish rejalarda bor.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo glavnogo korpusa mnogofunksionalnoy meditsinskoy kliniki v Tashkente
Stroitelstvo glavnogo korpusa mnogofunksionalnoy meditsinskoy kliniki v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Klinika to‘laqonli teletibbiyotdan foydalanishni ham rejalashtirmoqda. Teleko‘prik shaklida mutaxassislar Toshkentdagi jarrohlik amaliyoti vaqtida bevosita Rossiya va Germaniyaning yetakchi klinikalari bilan bog‘lanishlari mumkin. Xorijlik hamkasblar ularga maslathat va ko‘rsatmalar berishlari mumkin bo‘ladi.
Hozirda Toshkentda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Davolash va laboratoriya korpuslari qad rostlamoqda. Obyekt 2020-yil o‘rtasiga kelib tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0