Prezident Buxoroda yosh dasturchilar bilan suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vstretilsya s molodimi programmistami
Prezident vstretilsya s molodimi programmistami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro IT Parkida o‘quvchi, talaba va frilanser dasturchilar robototexnika, veb dizayn va professional dasturlashni o‘rganadi.
TOShKENT, 22 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida Buxoro shahridagi davlat xizmatlari markazi va IT Park ni borib ko‘rdi.
IT Parkning Buxoro filialida o‘quvchilar, talabalar va frilanser dasturchilar o‘yinlar orqali axborot texnologiyalariga qiziqtiriladi, keyin o‘qitilib, loyihalar ishlab chiqishga o‘rgatiladi. Bu yerda yosh havaskorlar, robototexniklar, veb dizaynerlar, professional dasturchilar yig‘ilgan.
– Buxoro azaldan ilm-fan markazi bo‘lgan. Bugun ham bilimli, intiluvchan yoshlar ko‘p. Buxoroning IT sohasi bo‘yicha brendini yaratish kerak. Buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt bor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shuningdek dolzarb iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha yosh dasturchilarga buyurtma berish, mablag‘, energiya resurslari va vaqtni tejovchi dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ayni damda Bukhara City majmuasida IT Park uchun yangi 9 va 12 qavatli zamonaviy binolar qurilmoqda. Majmuada kovorking markazi, ofislar, mehmonxona, restoran va sport zallari bo‘ladi. U yerda 700 dan ziyod ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
 
Yangiliklar lentasi
0