Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil maxallyu Bunyodkor goroda Namangana
Prezident posetil maxallyu Bunyodkor goroda Namangana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga tanbeh berdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Namangan shahrining Bunyodkor mahallasini borib ko‘rdi.
Shavkat Abdurazakov naznachen xokimom Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Namangan viloyatiga hokim tasdiqlandi
Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.
Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda bo‘ldi. 
- Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratapmiz, katta vakolatlar berapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar, - deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.
- Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz, - dedi davlat rahbari.
Shu yerga to‘plangan aholi bilan ham muloqot bo‘ldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yo‘qligini, yo‘llar ta’mirga muhtojligini aytdi.
“Men shuning uchun kelganman,” - dedi prezident.
Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yangiliklar lentasi
0