Harbiy xizmat, ichki ishlar va bojxona: pensiya ta’minotiga doir yangi qonun

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
“Harbiy xizmat o‘tagan, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmat o‘tagan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini davlat pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. “Harbiy xizmat o‘tagan, ichki ishlar va bojxona idoralarida xizmat o‘tagan shaxslar hamda ularning oila a’zolarini davlat pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi tayyorlandi.
Shavkat Mirziyoyev 12-fevralya prinyal uchastie v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2021
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Qonun loyihasini ishlab chiqishdan ko‘zlangan maqsadlar:
O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqining qonun hujjatlariga muvofiq yaratilgan boshqa harbiy tuzilmalarda harbiy xizmat o‘tagan bo‘lib, sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan, biroq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo bo‘lmagan davlatlar hududida istiqomat qilayotgan shaxslar hamda ushbu shaxslar oila a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish (agar zikr etilgan shaxslarning pensiya ta’minoti, mulohaza yuritilayotgan davlatlarning harbiy xizmat (xizmat) o‘tagan shaxslar va ularning oila a’zolarini pensiya bilan ta’minlashga oid qonun hujjatlarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa);
harbiy xizmatchilarni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish masalalarini nafaqat ularning huquq va imtiyozlariga taalluqli ko‘plab meyorlarni bir butun qilib, o‘z ichiga mujassam etadigan kodeks xususiyatiga ega hujjat asosida, balki sohaga oid ustuvor masalalarni belgilash bo‘yicha davlat hokimiyati idoralarining majburiyatlarini aniq ifodalaydigan, mulohaza yuritilayotgan masalalarni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini belgilab beradigan hujjat asosida yo‘lga qo‘yish kiradi.
"Qonun loyihasi pensiyalarning quyidagi miqdorlarini ko‘zda tutadi:
a) haqiqiy harbiy xizmat o‘talgan muddat 20-yilni tashkil etsa, pul ta’minotiga oid tegishli summaning 40 foizi, xizmat o‘tashning cheklangan yoshiga yetgani yoki sog‘ligi yomonlashgani munosabati bilan haqiqiy harbiy xizmatdan (xizmatdan) iste’foga bo‘shatilgan shaxsga esa 45 foizi tayinlanadi. 20-yildan ortiq o‘talgan har bir to‘liq xizmat yili uchun pul ta’minotiga oid tegishli summaning 3 foizi qo‘shiladi. Biroq pensiya miqdori, ushbu summaning jami 75 foizidan oshmaydi;
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2020
Mirziyoyev ichki ishlar xodimlarini tabrikladi
b) umumiy mehnat staji 25-yilni tashkil etsa, pul ta’minotiga oid tegishli summaning 40 foizi, 25-yildan ortiq har bir to‘liq staj yili uchun zikr etilgan summaning 1 foizi qo‘shiladi;
v) mehnat staji hisobga olingan tarzda xizmat o‘tagan yillari uchun pensiya tayinlanayotganida: umumiy mehnat staji 20-yilni tashkil etsa,  pul ta’minotiga oid tegishli summaning 40 foizi, 20-yildan ortiq har bir to‘liq staj yili uchun zikr etilgan summaning 3 foizi qo‘shiladi. Biroq pensiya miqdori, pul ta’minotiga oid tegishli summaning jami  75 foizidan oshmaydi.
Xizmat o‘tagan yillari uchun tayinlanadigan pensiya miqdori O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
Harbiy xizmatchilar toifasiga mansub, nogironlik holati harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan (harbiy jarohat olgan) nogironlarga quyidagi miqdorlarda pensiya tayinlanishi ko‘zda tutilgan:
I guruh nogironlariga – pul ta’minotiga oid tegishli summaning  90 foizi;
II guruh nogironlariga – pul ta’minotiga oid tegishli summaning  80 foizi;
III guruh nogironlariga – pul ta’minotiga oid tegishli summaning  55 foizi", - deb yozilgan hujjatda.
Yangiliklar lentasi
0