“UzAuto Motors” xodimlari maoshlarning keskin qisqarishidan shikoyat qilib yig‘ilishdi

© FacebookSalon kompanii UzAuto
Salon kompanii UzAuto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2021
Obuna bo‘lish
“UzAuto Motors” Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari ish haqi keskin kamayganidan va undan ushlab qolinayotganidan shikoyat qildilar.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Kecha, 6-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” xodimlari kompaniyaning avtoturargohiga yig‘ilgani va ish haqining keskin pasayib ketgani hamda undan ushlab qolinganidan norozi bo‘layotganliklari aks etgan video tarqaldi.
Norozi bo‘lgan haydovchilaridan biri 20 ming so‘m, uning yana bir tanishi 450 so‘m ish haqi olganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish haqi masalasi 5 oy davomida o‘rganilgan, ammo hozircha hech qanday natija yo‘q.
Boshqa bir xodim kompaniya vakillariga asoslanib, “kompyuter xatosi” sabab xodimlarning ish haqi 1-yil 3 oy davomida noto‘g‘ri hisoblanganligini ta’kidladi. Yetishmayotgan mablag‘ ishchilarning oyliklaridan qoplanishi aytilayotganini qo‘shimcha qildi.
Keyinroq “UzAuto Motors” kompaniyasi Transport tashuvlari boshqarmasi haydovchilari D.Rahmonov, J.Sultonov va boshqa ishchilarning murojaati o‘rganib chiqilganini ma’lum qildi.
Kompaniya xabarida yozilishicha, ayni vaqtda ish haqidan qarzdorlik mavjud emas.
“Joriy yilning fevral oyi uchun ish haqi o‘tgan oyning 20 sanasida avans tariqasida, mart oyining 5 sanasida to‘liq to‘lab berilgan. Xodimning ish haqidan uning yozma arizasiga asosan kredit to‘lovlari hamda sud qaroriga asosan majburiy undiruv amalga oshirilgan”, - deyilgan xabarda.
Ushbu murojaat yuzasidan shu kunning o‘zida kompaniya mas’ul vakillari hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi xodimlari ishtirokida haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilgan
Unda kompaniya tomonidan ish haqini to‘liq hisoblab to‘lab berilganligi, kompaniya tomonidan biror-bir asossiz ushlanmalar amalga oshirilmaganligi, shuningdek ishchi-xodimlarga yaratilgan ijtimoiy himoya paketi ya’ni, transportda ishga kelib-ketishi, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanishi, ovqatlanishi, tibbiy ko‘riklari uchun to‘lovlar kompaniya hisobidan amalga oshirilayotganligi tushuntirib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0