"Paxtakor" stadioni o‘rnida yangi stadion quriladi

© Sputnik / Papikyan / Mediabankka o‘tishStadion "Paxtakor"
Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U mamlakatdagi eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, usti to‘liq yopiluvchi ikkinchi stadionga aylanadi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubining stadioni buzib tashlanib, ikki yil ichida uning o‘rnida yangi stadion quriladi. Bu haqda klub prezidenti Bobur Shodiyevga asoslanib Podrobno.uz xabar qildi.

Futbolniy klub Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

Shodiyevning so‘zlariga ko‘ra, yangi stadion 30 ming nafargacha muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. U eng zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan, mamlakatdagi usti to‘liq yopiluvchi ikkinchi stadionga aylanadi.

"Loyiha tayyorlab qo‘yilgan va yaqin orada hukumatga taqdim etiladi. O‘ylashimcha, ushbu loyiha qo‘llab-quvvatlanadi. Moliyaviy ta’minotimiz mavjud, loyihaning taxminiy qiymati aniq bo‘lgan, hozirda texnik holatlar ustida ishlayapmiz", – dedi Shodiyev.

U loyihaning qiymati haqida ma’lumot bermadi.

Klub matbuot xizmati esa "Paxtakor"2018 yil oxiriga qadar "Jar" sport majmuasini ijaraga olganini ma’lum qildi. Jamoaning asosiy mashg‘ulotlari "Jar" stadionida o‘tkaziladi.

"Paxtakor" stadioni 1956-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, unga 35 ming tomoshabin sig‘adi.

Yangiliklar lentasi
0