O‘zbekiston terma jamoasining xorijlik bo‘lajak bosh murabbiyi bilan kelishuvga erishildi

© Federatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE
Sbornaya Uzbekistana po futbolu v tovarisheskom matche s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoani 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun futbol bo‘yicha terma jamoa yangi bosh murabbiyi bilan boshlangan muzokaralarni nihoyasiga yetkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo‘ladi. Ayni paytda u o‘z terma jamoasini Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlamoqda.

Temur Kapadze - Sputnik O‘zbekiston
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘ldi

"Bilasiz, har bir murabbiy shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida yangi takliflarni ko‘rib chiqishga va muzokaralar o‘tkazishga haqli. Shu sababdan ham, yangi bosh murabbiy bilan terma jamoamiz masalasida yakuniy kelishuvga erishildi. Biroq, u ayni paytda o‘z shogirdlarini iyun oyida boshlanadigan mundialga tayyorlayotgani sababli, jahon chempionati yakuniga qadar nomi hozircha e’lon qilinmasligini so‘radi. O‘zining bu iltimosini mutaxassis jahon chempionati oldidan uning shogirdlari kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bilan izohladi. Umid Ahmadjonov yangi bosh murabbiyning bu iltimosini qabul qildi va iyul oyiga qadar uning nomi futbol jamoatchiligiga e’lon qilinmasligiga va’da berdi", deyiladi xabarda.

Mutaxassis Rossiyadagi mundialdan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyuradi hamda mamlakat milliy terma jamoasi boshqaruvini rasman qo‘lga oladi. Unga qadar esa terma jamoa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida yangi tashkil etilgan murabbiylar kengashi qo‘l ostida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va belgilangan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Yangi bosh murabbiy oldiga Osiyo kubogi-2019 da muvaffaqiyatli ishtirok etish va terma jamoani 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0