Boks JCh: Fanat Qahramonov mo‘g‘ilistonlik raqibi ustidan g‘alaba qozondi

© NOK UzbekistanaFanat Kaxramonov
Fanat Kaxramonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

TOShKENT, 9 cyen – Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Fanat Qahramonov mo‘g‘ilistonlik Davanyam Davasuren ustidan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturida O‘zbekiston terma jamaosi nomidan Fanat Qahramonov bahs olib bordi.

“75 kilogramm vazn toifasida mo‘g‘ilistonlik Davanyam Davasurenga qarshi bahs olib borgan yurtdoshimiz ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Qahramonov ikkinchi bosqichni 14-sentabr kuni avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi o‘tkazadi”, - deyilgan xabarda.

Turnir 21-sentabrga qadar davom etadi. Musobaqada 77 davlatdan bokschilar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0