Ektor Kuper bosh murabbiy lavozimidan bo‘shatildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Ektor Kuper
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasiga 1-yil murabbiylik qilgan argentinalik Ektor Kuper bilan shartnoma bekor qilindi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Ektor Kuper O‘zbekiston futbol jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar qilmoqda Assotsiatsiya matbuot xizmati.   

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘rtadagi mavjud shartnomani o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilishdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning avgust oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1-yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0