TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Termiz shahrida kecha kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa yakunlandi, g‘oliblarga pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, deb xabar qilmoqda Xalq So‘zi.
“Alpomish“ stadionida 5-6 oktabr kunlari bo‘li o‘tgan musobaqada dunyonig 47 davlatdan kelgan polvonlar g‘oliblik uchun kurashdilar. An’anaga ko‘ra, bellashuvni oqsoqol kurashchi polvonlar boshlab berdi.
Musobaqada erkak polvonlar - 55, 66, 73, 81, 90, +100 kg vazn toifasida, ayollar - 48, 57, 70, +78 kg. vazn toifasida bellashishdi.
At-Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqadaning mukofot jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qildi. Musobaqalarda o‘z vazn toifasida 1 o‘rin uchun - 3 000 dollar, 2 o‘rin uchun - 2 000 dollar, va 3 o‘rin uchun - 1 000 dollardan pul mukofotlari berildi. Mutlaq vazn chempioniga 10 ming dollar mukofot berildi.
Mutlaq vazn bo‘yicha final bahsda xorazmlik Boltaboy Boltaboyev surxondaryolik Muxsin Hisomiddinov bilan bellashdi. Bahsda xorazmlik polvon ustun keldi. 2 o‘rin - Muhsin Hisomiddinov, 3-o‘rin uchun tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyev va eronlik Nafari Pahlavoniy egaladi.