"Jangdan bahra oldim" - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bektemir Meliqo‘ziyev professional ringdagi uchinchi jangini ham muddatidan oldin g‘alaba bilan yakunladi.

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonlik taniqli bokschi Bektemir Melqo‘ziyev professional boksda o‘zining uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi.

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad
Jangdan bahra oldim - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad

76 kg vazn toifasida Meliqo‘ziyev amerikalik Kley Kollardni nokautga uchratdi. 8 raundga mo‘ljallangan jang 4 raundda o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi bilan tugadi. Kuchli zarbalarda Kley Kollard dastlab nokdaun, keyin nokaut holatiga tushib qoldi.

"Yana bir g‘alaba! Men bu yigitga qoyil qoldim, qayeriga musht tushirishga harakat qilmay, zarbalarim unga tegmay o‘tib ketgandek tuyulardi. Lekin men jangdan bahra oldim! Navbatdagi uchrashuvgacha!", - deb yozgan Meliqo‘ziyev o‘zining Tvitterida.

Bu Bektemir Meliqo‘ziyevning professional ringdagi uchinchi jangida uchinchi g‘alabasi va bu ham muddatidan oldin g‘alaba bilan tugadi.

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad
Jangdan bahra oldim - Bektemir Meliqo‘ziyev nokaut bilan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podrad
Yangiliklar lentasi
0