Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalikka qarshi o‘tkazadi

© InstagramPerviy boy Maxmuda Muradova v UFC
Perviy boy Maxmuda Muradova v UFC - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek aralash yakkakurashchisi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi va raqibi aniq bo‘ldi.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazadi.

Jang 8-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UFC Russia᾽ning rasmiy instagram sahifasida ma’lumot berildi.

Publikatsiya ot UFC Russia (@ufcrussia)

Mahmud Murodovning o‘zi kecha ikkinchi jangini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishgani va tez orada raqibi va jang sanasi e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC’dagi debut jangini italiyalik Alessio di Kirikoga qarshi o‘tkazib, ustunlikka erishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0