O‘zbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan so‘nggi intervyu

© Ministerstvo sporta UzbekistanaSbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu
Sbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amputant-futbolchilarni bir necha marotaba jahon chempionligiga chiqargan murabbiy Rustam Kariyev bugun, 2-dekabr kuni olamdan o‘tdi. "Sputnik O‘zbekiston" muxbiri shu kunlarda trener bilan suhbatda bo‘lgan edi.

"O‘zbekiston futbolchilari Jahon chempioni bo‘ldi!". Bu yerda gap qo‘l-oyoqlari bus-butun, sog‘lom futbolchilar haqida emas, balki, matonati va jasurligiga xavas qilsa arziydigan amputant-futbolchilar haqida bormoqda. Va bu voqea futbol fanatlari tushida emas, 2019-yilda, ya’ni shu kechayu-kunduzda ro‘y bergan.

Trener futbolistov-amputantov Rustam Kariyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh murabbiyi olamdan o‘tdi

Intervyuni e’lon qilish arafasida amputant-futbolchilarni bir necha marotaba jahon chempionligiga olib chiqqan murabbiy Rustam Kariyev bugun, 2-dekabr kuni, olamdan o‘tgani haqida qayg‘uli xabar yetib keldi.

Rustam Kariyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan eng so‘nggi intervyusida amputant-futbolchilar g‘alabalari bilan bir qatorda, ular chekayotgan zahmatlar haqida ochiq gapirgan edi.

- Rustam aka, jamoa haqida so‘zlab bering. Qayerda mashg‘ulot o‘tkazasizlar? Kim sizlarga moliyaviy ko‘mak beradi?

— Yigitlar haftasiga uch marotaba Futbol federatsiyasi maydonida mashq qilishadi. Qolgan kunlari bari o‘z shaxsiy ishlari lan band. Bizda oylik yo‘q, homiylar yo‘q. Ayniqsa, oxirgi ikki yildan buyon homiy izlab ovoramiz. Sababi, davlat tomonidan buyruq chiqqan, ammo hamma korxonalar negadir sog‘lom sportchilarga homiylik qilyapti. Bizga e’tibor berishmaydi. 2018-yilgacha 4-yil davomida homiylik qilgan bir kompaniya borgan edim, "Kechirasiz, ayollar voleybol terma jamoasini biriktirib qo‘yishdi. Homiylik qilishdan tashqari, ularga maosh ham to‘laymiz. Shuning uchun sizlarga yordam berolmaymiz", dedi.

Bolelshiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik O‘zbekiston
Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

Homiy topilmaganidan oxirgi marotaba Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatiga bora olmadik. Sochida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirga borganimizda, yo‘lkiraga Sport vazirligi, ovqat puli va mehmonxona uchun Futbol federatsiyasi mablag‘ ajratishdi. O‘shanda ham mendan nechanchi o‘rinni olib kelishimizni yozishimni talab qilishdi. Maydon katta, koptok kichkina bo‘lsa, kimning omadi yurishadi? Yo‘q, yozing, deyishdi. Uchinchi o‘rinni olib kelamiz, deb yozdim. Xudoga shukr, Xalqaro turnirdan birinchi o‘rinni olib keldik.

—  Oxirgi erishilgan g‘alabadan so‘ng jamoa rag‘batlantirildimi? Axir O‘zbekistonda Chempionlar tantana bilan kutib olinadi, ularga sovg‘a-salomlar beriladi?

— Og‘zaki tabriklashdi tamom! O‘n besh kishi borib, 1- o‘rinni qo‘lga kiritib keldik. O‘shanda sport vazirligi sport sumkalari, formalar sotib olgan edi. Undan bizning futbolchi yigitlarga ham bering dedim, indashmadi. Mayli, borganlarga beramiz, qayta xat yozing, deyishdi. Bunga ham bir oydan oshdi, hali olganimiz yo‘q... (Sport vazirligi bugun, 2-dekabr kuni, amputant-futbolchilarga formalar berilgani haqida ma’lum qildi.)

—  Jamoani munosib taqdirlash masalasida tegishli mutasaddilarga murojaat qilib ko‘rmadingizmi?

—  Portalga uch marotaba xat yozdim. Qanday shikoyatingiz bor, deb so‘rashdi. Shikoyat emas, savolim bor, aytingchi, jamoani nechi karra jahon chempionatiga chiqarib, chempion qilsam, ular O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar unvoniga sazovor bo‘lishadi? "Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi", degan nom uchun yana necha karra jahon chempioni bo‘lishlari kerak?, dedim. "Qayerga murojaat qildingiz bu haqda?", deb so‘rashdi. Sanadim: Futbol federatsiyasiga, Davlat sport qo‘mitasiga, Olimpiya qo‘mitasiga... "Yaxshi, sizning murojaatingiz ro‘yxatga olindi, ikki hafta ichida javob olasiz", deyishdi.  Bir haftadan so‘ng Davlat sport qo‘mitasi meni chaqirib, "Nega portalga telefon qilasiz, bizga uchrashmasdan?" deyishdi. Necha marta uchrashishim kerak, nechta xat yozishim kerak?

© SputnikSbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu
O‘zbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan so‘nggi intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu

...Siz FIFAga kirmaysiz, shuning uchun sizlarga bunday unvon bermaydilar, deyishadi. FIFAga "Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi" unvonining nima aloqasi bor? Olti nafar o‘yinchim Turkiyaga borib, ular chempionatida o‘ynaydi. Lekin Xalqaro turnir, jahon chempionati o‘tkazilsa, O‘zbekiston uchun maydonga tushadi. Turklar yaxshi maosh to‘laydi, yotog‘i, ovqatini tekinga beradi. Omadi kelsa, o‘ynayversin, oilasiga pul ishlab keladi.

— Demak jamoaning qolgan a’zolari moddiy ahvoli qoniqarli darajada emas, shundaymi?

— Har kim o‘zi... Kimdir kira qiladi, yana kimdir boshqa ishda. Terma jamoa a’zolari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bari o‘z ishi bilan ovvora. Shu bois  muntazam maydonga kelib, mashq qilishga ularning imkoniyati yo‘q, haftasiga uch marotaba ikki ikki yarim saotga mashq uchun kela olishadi, tamom. Lekin shukrki, ularning bari ma’lumotli, orasida yosh bolalar ham bor. 11 yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lganlari maktabda o‘qiydi. 16 yoshdan keyin ularni asosiy komandaga qo‘shamiz.

© SputnikSbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu
O‘zbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan so‘nggi intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu

Eng asosiy bizga homiy bo‘lsa, qolgan vazifalarni o‘zimiz eplay olamiz. Davlat  tomonidan klub a’zolari e’tirof etilib,  xizmat ko‘rsatgan unvonini olsa, bu ham  katta yordam. Maoshniku, gapirmasak ham bo‘lar... 

—  Haftasiga atigi uch marotaba ikki soatdan mashq qilayotganliklari nahotki muvaffaqiyat uchun yetarli bo‘lsa?

— Yetarlimi, yetarli emasmi, oilani ham boqish kerak axir. Katta rahmat, vaqtini topib, mashg‘ulotlarga kelishayotganligi uchun. Katta musobaqalarga - jahon chempionatiga ketishdan avval, har gal Federatsiyaga, vazirlikka xat yozaman, iltimos qilaman, hech bo‘lmasa bir haftalik "sbor" o‘tkazdiraman. Bolalarni bir hafta davomida har kuni mashq qildirib keyin olib ketaman.

Ofitsialnim machom ChM-2018 sigrali na MKS - Sputnik O‘zbekiston
Kosmonavtlar vaznsizlikda futbol o‘ynadi

— Jamoa a’zolarini o‘yinda g‘alaba qozonishga yo‘naltiradigan psixologlar bilan hamkorligingiz bormi?

— Yo‘q. Jamoadagi har bir yigitni birinchi kelgan kunidan bilaman. Agar psixolog yordami kerak bo‘ladigan bo‘lsa jamoamizning biror a’zosiga, men darhol shu ish bilan shug‘ullanaman. Masalan, mashg‘ulotlar vaqtida yigitlar unga qarata koptok tepaverishgani uchun, bir darvozabonimiz, koptok kelsa, unga orqa o‘girib turib oladigan bo‘lib qolgan edi. Psixologdan shu yigit bilan bir oz ishlashini iltimos qilgandim, vaziyat o‘zgardi. So‘ng Argentinada bo‘lib o‘tgan o‘yinda, u chempionatning eng yaxshi darvozaboni degan e’tirofga sazovor bo‘ldi.

— Klubning yaratilish tarixi haqida to‘xtalib o‘tsangiz...

— Klubimizga 1988-yilning dekabr oyida asos solingan. Amputantlar futboli komandasi aslida AQShlik Bill Berri tomonidan tuzilgan. Uning o‘g‘li ham nogiron bo‘lgan. U 1988-yilda Moskvaga amputant-futbolchilar komandasini tuzish uchun kelgan va yo‘l-yo‘lakay Toshkentga ham tashrif buyurgan. Komanda tuzish haqida gapirishi bilan zudlik bilan Afg‘onistonda xizmat qilib, nogiron bo‘lib qolgan yigitlarni to‘plaganmiz. Bill deyarli bir oy davomida shu yigitlarga koptok tepishni o‘rgatdi. Ularga hassalarni Amerikaga buyurtma berib, keltirdi. Unga Toshkent yoqib qoldi. Endi bo‘lsa, o‘zi bizga har gal yutqizib, "yig‘lab o‘tiribdi". Komanda bilan yutmagan kubogimiz qolmadi. Nomimiz esa ulug‘, kissamiz quruq...

© Ministerstvo sporta UzbekistanaSbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu
O‘zbek futbolini mashhur qilgan oyoqsiz futbolchilar muammolari - Kariyev bilan so‘nggi intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Sbornaya Uzbekistana invalidov-amputantov po futbolu

Ma’lumot uchun: Rustam Kariyev 1951-yil 15-yanvarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko‘tarilgan.

1988 yilda esa Afg‘onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo‘lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998-yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga o‘zgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi a’zolari tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritadi.

Rustam Kariyevning mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari O‘zbekiston tomonidan munosib rag‘batlantirilgan holda, u "Do‘stlik" ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0