O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov ota bo‘ladi

© Instagram/bagarovamonikaUzbekskiy boyes Maxmud Muradov i yego devushka jdut rebenka
Uzbekskiy boyes Maxmud Muradov i yego devushka jdut rebenka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada model Monika Bagarova bilan birga istiqomat qiladi.

TOShKENT, 21 yanv – Sputnik. O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov yaqinda ota bo‘ladi. Sportchi bu haqda jurnalistlardan biri bilan bo‘lib o‘tgan eksklyuziv suhbatda ma’lum qilgan.

Sportchi intervyu davomida shaxsiy savollarga ochiq javob bergan va chexiyalik rafiqasi haqida samimiy fikrlar bildirgan.

“Uning mentaliteti menga yoqadi, tez orada u bilan farzand kutapmiz”- deydi Murodov.

Mahmud Murodov Chexiyada model Monika Bagarova bilan birga istiqomat qiladi.

Bokschiga ko‘ra tug‘ilajak farzandga hozirdan ism tanlangan. Unga sportchining onasi sharafiga Rumiya deya ism qo‘yiladi.

Yangiliklar lentasi
0