Iroda To‘laganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi

© press-slujba NOKIroda Tulyaganova izbrana na post vitse-prezidenta federatsii tennisa Azii
Iroda Tulyaganova izbrana na post vitse-prezidenta federatsii tennisa Azii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik mashhur tennischi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. O‘zbekiston tennis federatsiyasining bosh kotibi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

Uzbekskie sportsmeni na Paraaziatskix igrax - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra,  To‘laganova o‘tgan yilning 1-dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda OTF direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan. Ortda qolgan vaqt mobaynida uning samarali faoliyati uni xalqaro tashkilotning vitse-prezidentlik darajasiga ko‘tardi.

Mashhur tennischi  Iroda To‘laganovani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda yaxshi bilishadi. U yakkalik bahslarida 3-martadan WTF va ITF turnirlari g‘olibasi hisoblanadi. Iroda To‘laganova “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0